
Max — shahar uchun bitta ilova
Taksi, taom, kuryer va pochta xizmatlarini bitta qulay ilovaga jamlayapmiz — o‘zbek tilida, so‘mda va mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda.
Kundalik ishlarni osonlashtirish
Bugun taksi uchun bitta, taom uchun boshqa, posilka uchun yana boshqa ilova kerak. Max’ning maqsadi — shularning barchasini bitta ishonchli ilovada birlashtirish.
Biz yo‘lovchilar uchun qulay va shaffof xizmat, haydovchi, kuryer va restoranlar uchun esa adolatli daromad manbai yaratishga intilamiz.

Nimaga tayanamiz
Shaffoflik
Narx buyurtmadan oldin ko‘rinadi, hamkorlar daromadi ilovada ochiq ko‘rsatiladi.
Xavfsizlik
Hujjatlar tekshiruvi, baholash tizimi va ilova orqali yordam. Batafsil
Mahalliy yondashuv
O‘zbek tili, so‘mdagi narxlar va O‘zbekiston shaharlariga moslashtirilgan xizmat.
Hamkorlarga hurmat
Haydovchi, kuryer, restoran va avtoparklar bilan uzoq muddatli, adolatli hamkorlik.



